{"id":3,"date":"2024-01-16T00:10:51","date_gmt":"2024-01-15T19:10:51","guid":{"rendered":"https:\/\/broskin.uz\/?page_id=3"},"modified":"2026-08-22T20:22:25","modified_gmt":"2026-08-22T15:22:25","slug":"ommaviy-oferta","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/broskin.uz\/uz\/ommaviy-oferta\/","title":{"rendered":"Ommaviy oferta"},"content":{"rendered":"\r\n<p class=\"wp-elements-1 wp-block-paragraph\"><strong>OMMAVIY OFERTA<\/strong><\/p>\r\n<p><em>SEEN STORE MCHJ ning onlayn (broskin.uz) va oflayn savdo nuqtalari (do&#8217;konlari) orqali savdo qilish shartlari to&#8217;g&#8217;risida foydalanuvchi bitimi<\/em><\/p>\r\n<p>Ushbu hujjat O&#8217;zbekiston Respublikasining &laquo;Elektron tijorat to&#8217;g&#8217;risida&raquo;gi, &laquo;Iste&#8217;molchilar huquqlarini himoya qilish to&#8217;g&#8217;risida&raquo;gi qonunlari hamda amaldagi boshqa me&#8217;yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tuzilgan bo&#8217;lib, Sotuvchining tovarlarini sotib olish maqsadida broskin.uz saytidan foydalanish (&laquo;Onlayn savdo&raquo;) yoki Sotuvchining jismoniy savdo nuqtasiga (&laquo;Oflayn savdo&raquo;) murojaat qilish mazkur bitim shartlarini so&#8217;zsiz va to&#8217;liq qabul qilinganligini bildiradi (Fuqarolik kodeksining ommaviy oferta va akseptga oid normalariga muvofiq). Mazkur Shartnoma shartlari Sotuvchining barcha savdo kanallariga \u2014 veb-sayti, mobil ilovasi va jismoniy savdo nuqtalariga \u2014 bab-baravar tatbiq etiladi, agar matnda aniq bir kanal uchun alohida band ko&#8217;rsatilmagan bo&#8217;lsa.<\/p>\r\n<h1><strong>1. Atamalar va tushunchalar<\/strong><\/h1>\r\n<p><strong>1.1. Sotuvchi \u2014 <\/strong>&laquo;SEEN STORE&raquo; mas&#8217;uliyati cheklangan jamiyati (MCHJ) \u2014 broskin.uz internet-do&#8217;konining hamda oflayn savdo nuqtalarining egasi va operatori (rekvizitlar 3-bandda ko&#8217;rsatilgan).<\/p>\r\n<p><strong>1.2. Xaridor \u2014 <\/strong>Sotuvchining internet-do&#8217;konida (sayt yoxud telefon orqali) buyurtma joylashtirgan yoki oflayn savdo nuqtasida tovar sotib olgan hamda mazkur foydalanuvchi bitimi shartlarini so&#8217;zsiz qabul qilgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs.<\/p>\r\n<p><strong>1.3. Tovar \u2014 <\/strong>tomonlar kelishuvi predmeti bo&#8217;lgan, broskin.uz saytida va (yoki) oflayn savdo nuqtalarida taqdim etilgan tovarlar va (yoki) xizmatlar.<\/p>\r\n<p><strong>1.4. Internet-do&#8217;kon \u2014 <\/strong>Sotuvchining broskin.uz saytidagi va mobil ilovasidagi onlayn savdo maydonchasi.<\/p>\r\n<p><strong>1.5. Savdo nuqtasi (oflayn do&#8217;kon) \u2014 <\/strong>Sotuvchiga tegishli yoki u tomonidan ijaraga olingan, tovarlarni bevosita jismoniy ko&#8217;rinishda sotish uchun mo&#8217;ljallangan do&#8217;kon, filial yoki savdo pavilyoni. Amaldagi savdo nuqtalarining to&#8217;liq ro&#8217;yxati va manzillari broskin.uz saytida hamda savdo nuqtalarining o&#8217;zida e&#8217;lon qilinadi.<\/p>\r\n<p><strong>1.6. Oferta \u2014 <\/strong>mazkur hujjat matnida ifodalangan, Sotuvchining istalgan shaxsga tovar sotib olish shartnomasini tuzish taklifi.<\/p>\r\n<p><strong>1.7. Aksept \u2014 <\/strong>Xaridor tomonidan buyurtma rasmiylashtirilishi (onlayn) yoki tovar bevosita savdo nuqtasida tanlanib, uning haqi to&#8217;lanishi (oflayn) orqali oferta shartlarini to&#8217;liq va so&#8217;zsiz qabul qilinishi.<\/p>\r\n<p><strong>1.8. Shaxsiy kabinet \u2014 <\/strong>Xaridorning broskin.uz saytidagi ro&#8217;yxatdan o&#8217;tish orqali yaratiladigan, buyurtmalarni va shaxsiy ma&#8217;lumotlarni boshqarish imkonini beruvchi shaxsiy sahifasi.<\/p>\r\n<h1><strong>2. Umumiy qoidalar<\/strong><\/h1>\r\n<p>2.1. Mazkur foydalanuvchi bitimi (matnda keyingi o&#8217;rinlarda \u2014 Shartnoma) tovarlar va xizmatlarning Sotuvchi tomonidan Xaridorga, savdo kanalidan (onlayn yoki oflayn) qat&#8217;i nazar, taqdim etilish tartibi va shartlarini belgilaydi.<\/p>\r\n<p>2.2. Sotuvchi mazkur qoidalarga bir tomonlama asosda o&#8217;zgarishlar kiritishga haqli. O&#8217;zgarishlar 17-bandda belgilangan tartibda kuchga kiradi.<\/p>\r\n<p>2.3. Internet-do&#8217;konning broskin.uz saytida, shuningdek savdo nuqtalarida taqdim etilgan barcha foto, video, matnli va namunaviy materiallar faqat tanishtiruvchi xarakterga ega bo&#8217;lib, texnik holatlarga ko&#8217;ra, tovarning rangi, shakli, o&#8217;lchami, narxi, jamlanma tarkibi va boshqa xususiyatlari to&#8217;g&#8217;risidagi to&#8217;liq va aniq axborotni bermasligi mumkin. Xaridorda tovar xususiyatlariga doir savollar tug&#8217;ilsa, u 8-bandda ko&#8217;rsatilgan aloqa raqamlari orqali yoki bevosita savdo nuqtasidagi sotuvchi-maslahatchiga murojaat etishi lozim.<\/p>\r\n<p>2.4. Xaridor buyurtma berish yoki savdo nuqtasida tovar sotib olish orqali o&#8217;zining muomala layoqatiga ega ekanligini (18 yoshga to&#8217;lganligini yoki qonuniy vakili roziligiga ega ekanligini) tasdiqlaydi (batafsil \u2014 15-band).<\/p>\r\n<p>2.5. Onlayn va oflayn savdo nuqtalarida tovarlar assortimenti, mavjudligi va aksiya shartlari bir-biridan farq qilishi mumkin. Onlayn buyurtma berishdan oldin Xaridor tovar mazkur savdo nuqtasida yoki internet-do&#8217;konda mavjudligini aniqlashtirishi tavsiya etiladi.<\/p>\r\n<h1><strong>3. Sotuvchi rekvizitlari<\/strong><\/h1>\r\n<table width=\"633\">\r\n<tbody>\r\n<tr>\r\n<td width=\"213\">\r\n<p><strong>Korxona nomi<\/strong><\/p>\r\n<\/td>\r\n<td width=\"420\">\r\n<p>&laquo;SEEN STORE&raquo; mas&#8217;uliyati cheklangan jamiyati (SEEN STORE MCHJ)<\/p>\r\n<\/td>\r\n<\/tr>\r\n<tr>\r\n<td width=\"213\">\r\n<p><strong>STIR (INN)<\/strong><\/p>\r\n<\/td>\r\n<td width=\"420\">\r\n<p>313048937<\/p>\r\n<\/td>\r\n<\/tr>\r\n<tr>\r\n<td width=\"213\">\r\n<p><strong>Hisob raqami (r\/s)<\/strong><\/p>\r\n<\/td>\r\n<td width=\"420\">\r\n<p>20208 000 9 07469926 001<\/p>\r\n<\/td>\r\n<\/tr>\r\n<tr>\r\n<td width=\"213\">\r\n<p><strong>Bank<\/strong><\/p>\r\n<\/td>\r\n<td width=\"420\">\r\n<p>&laquo;\u041a\u0410\u041f\u0418\u0422\u0410\u041b\u0411\u0410\u041d\u041a&raquo; \u0410\u0422\u0411 \u0422\u043e\u0448\u043a\u0435\u043d\u0442 \u0448\u0430\u04b3\u0440\u0438\u0434\u0430\u0433\u0438 \u044f\u0433\u043e\u043d\u0430 \u0444\u0438\u043b\u0438\u0430\u043b\u0438<\/p>\r\n<\/td>\r\n<\/tr>\r\n<tr>\r\n<td width=\"213\">\r\n<p><strong>Bank MFO<\/strong><\/p>\r\n<\/td>\r\n<td width=\"420\">\r\n<p>01158<\/p>\r\n<\/td>\r\n<\/tr>\r\n<tr>\r\n<td width=\"213\">\r\n<p><strong>Direktor<\/strong><\/p>\r\n<\/td>\r\n<td width=\"420\">\r\n<p>Ro&#8217;ziboyev Farrux Zafar o&#8217;g&#8217;li<\/p>\r\n<\/td>\r\n<\/tr>\r\n<tr>\r\n<td width=\"213\">\r\n<p><strong>Rasmiy veb-sayt<\/strong><\/p>\r\n<\/td>\r\n<td width=\"420\">\r\n<p>www.broskin.uz<\/p>\r\n<\/td>\r\n<\/tr>\r\n<tr>\r\n<td width=\"213\">\r\n<p><strong>Telefon<\/strong><\/p>\r\n<\/td>\r\n<td width=\"420\">\r\n<p>+998 33 505 44 55;<\/p>\r\n<\/td>\r\n<\/tr>\r\n<\/tbody>\r\n<\/table>\r\n<p>&nbsp;<\/p>\r\n<p><em>Sotuvchining amaldagi oflayn savdo nuqtalari (do&#8217;konlari) ro&#8217;yxati va manzillari broskin.uz saytida hamda savdo nuqtalarining o&#8217;zida e&#8217;lon qilinadi.<\/em><\/p>\r\n<p>&nbsp;<\/p>\r\n<h1><strong>4. Shartnoma predmeti va tovar narxi<\/strong><\/h1>\r\n<p>4.1. Sotuvchi tovarlarni mazkur Shartnomada ko&#8217;rsatilgan shartlar asosida taqdim etadi, Xaridor esa ularni qabul qiladi va haqini to&#8217;laydi. Buyurtma qilingan tovar Xaridorga amalda topshirilgan hamda uning to&#8217;liq narxi to&#8217;langan vaqtdan boshlab, mazkur tovarga nisbatan mulk huquqi Xaridorga o&#8217;tadi (Muddatli to\u2019lovga yoki nasiyaga xarid qilingan tovarlar bundan mustasno). Tovarning tasodifan yo&#8217;qotilishi yoki shikastlanishi xatari tovar Xaridorga amalda topshirilgan vaqtdan boshlab Xaridorga o&#8217;tadi.<\/p>\r\n<p>4.2. Tovar narxi bir tomonlama asosda Sotuvchi tomonidan belgilanadi hamda broskin.uz internet-do&#8217;koni sahifalarida va savdo nuqtalarida (narx belgilari, chek-lentalar orqali) O&#8217;zbekiston Respublikasining milliy valyutasi \u2014 so&#8217;mda ko&#8217;rsatiladi. Narxlarga qonunchilikda nazarda tutilgan soliqlar kiritilgan bo\u2019lib naqt to\u2019lov va muddatli to\u2019lov narxlari bir birdan farq qilishi mumkin.<\/p>\r\n<p>4.3. Muayyan tovarga nisbatan shartnoma tuzish taklifi broskin.uz saytida \u2014 ushbu tovar mavjud bo&#8217;lgan butun muddat davomida, savdo nuqtasida esa \u2014 tovar jismonan sotuvda turgan davr mobaynida amal qiladi. Tovar narxining o&#8217;zgarishi allaqachon rasmiylashtirilgan va to&#8217;lovi tasdiqlangan buyurtmalar hamda savdo nuqtasida haqi to&#8217;langan xaridlarga taalluqli emas.<\/p>\r\n<p>4.4. Aksiya va chegirmalar alohida shartlar asosida amal qiladi va sayt sahifalarida va (yoki) savdo nuqtalarida ko&#8217;rsatiladi. Onlayn va oflayn kanallardagi aksiya shartlari farqli bo&#8217;lishi mumkin.<\/p>\r\n<h1><strong>5. Shaxsiy ma&#8217;lumotlarni qayta ishlash siyosati<\/strong><\/h1>\r\n<p>5.1. Sotuvchi Xaridorning shaxsiy ma&#8217;lumotlarini (ism-familiya, telefon raqami, manzil, elektron pochta va h.k.), shuningdek elektron hujjatlari va xabarlarini O&#8217;zbekiston Respublikasining &laquo;Shaxsga doir ma&#8217;lumotlar to&#8217;g&#8217;risida&raquo;gi qonunchiligiga muvofiq ko&#8217;rib chiqadi va ularning maxfiyligini ta&#8217;minlaydi.<\/p>\r\n<p>5.2. Shaxsiy ma&#8217;lumotlar faqat quyidagi maqsadlarda qayta ishlanadi: buyurtmani rasmiylashtirish va bajarish, tovarni yetkazib berish, to&#8217;lovlarni amalga oshirish, mijozlarga xizmat ko&#8217;rsatish va (Xaridorning ofertaga roziligi mavjud bo&#8217;lgan taqdirda) marketing xabarnomalarini yuborish.<\/p>\r\n<p>5.3. Sotuvchi Xaridorning roziligisiz shaxsiy ma&#8217;lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaydi, bundan tovarni yetkazib berish (kuryerlik xizmati) va to&#8217;lovni qabul qilish (bank\/to&#8217;lov tizimlari) uchun zarur bo&#8217;lgan hajmdagi ma&#8217;lumotlar hamda qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar mustasno.<\/p>\r\n<p>5.4. Xaridor istalgan vaqtda Sotuvchiga murojaat qilib, o&#8217;zining shaxsiy ma&#8217;lumotlarini yangilashni, tuzatishni yoki o&#8217;chirishi mumkin (Hech qanday qarzdorlik yoki do\u2019kon bilan mijoz o\u2019rtasida tugatilmagan nizolar bo\u2019lmaganda).<\/p>\r\n<h1><strong>6. Tomonlarning majburiyatlari<\/strong><\/h1>\r\n<p>6.1. Sotuvchining majburiyatlari:<\/p>\r\n<ul>\r\n<li>1.1. Xaridorga tovar haqida kerakli va to&#8217;g&#8217;ri ma&#8217;lumotlarni taqdim etish;<\/li>\r\n<li>1.2. Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida kelishilgan muddatlarda tovarni taqdim etish yoki yetkazib berish;<\/li>\r\n<li>1.3. Xaridorning shaxsiy ma&#8217;lumotlari maxfiyligini ta&#8217;minlash.<\/li>\r\n<\/ul>\r\n<p>6.2. Xaridorning majburiyatlari:<\/p>\r\n<ul>\r\n<li>2.1. Ushbu Shartnoma shartlarini bajarish;<\/li>\r\n<li>2.2. Tanlangan buyurtmani rasmiylashtirish ma&#8217;lumotlarining (narx, tovar, miqdor va h.k.) to&#8217;g&#8217;riligini haqini to&#8217;lashdan oldin puxta tekshirish;<\/li>\r\n<li>2.3. Buyurtma uchun aniq va haqiqiy kontakt hamda yetkazib berish ma&#8217;lumotlarini taqdim etish;<\/li>\r\n<li>2.4. Internet-do&#8217;kon tomonidan broskin.uz saytida va ijtimoiy tarmoqlarda e&#8217;lon qilinadigan xabarlar va bildirishnomalarni kuzatib borish.<\/li>\r\n<\/ul>\r\n<h1><strong>7. Tomonlarning huquqlari<\/strong><\/h1>\r\n<p>7.1. Sotuvchi quyidagi huquqlarga ega:<\/p>\r\n<ul>\r\n<li>1.1. Jiddiy nuqsonlar, xatoliklar va uzilishlar aniqlansa, shuningdek profilaktika ishlarini o&#8217;tkazish hamda tizimga noqonuniy kirishning oldini olish maqsadida Internet-do&#8217;kon faoliyatini vaqtincha to&#8217;xtatib turish;<\/li>\r\n<li>1.2. Ushbu qoidalarni, tovarlar narxlarini, xizmatlarga tariflarni, to&#8217;lov hamda yetkazib berish usullari va muddatlarini bir tomonlama tartibda o&#8217;zgartirish;<\/li>\r\n<li>1.3. Buyurtma ma&#8217;lumotlarida nomuvofiqlik yoki firibgarlik alomatlari aniqlansa, buyurtmani bekor qilish yoki qo&#8217;shimcha tasdiqlash talab etish;<\/li>\r\n<li>1.4. Xaridor bilan bo&#8217;ladigan telefon suhbatlarini sifat nazorati va nizolarni hal qilish maqsadida yozib olish.<\/li>\r\n<\/ul>\r\n<p>7.2. Xaridor quyidagi huquqlarga ega:<\/p>\r\n<ul>\r\n<li>2.1. Maslahat uchun Internet-do&#8217;konga murojaat etish;<\/li>\r\n<li>2.2. Buyurtma holati haqida ma&#8217;lumot olish;<\/li>\r\n<li>2.3. Qonunchilikda va mazkur Shartnomada nazarda tutilgan tartibda tovarni almashtirish yoki qaytarishni talab qilish.<\/li>\r\n<\/ul>\r\n<h1><strong>8. Shartnomani tuzish tartibi<\/strong><\/h1>\r\n<p>8.1. Sotuvchi va Xaridor o&#8217;rtasida tovarni oldi-sotdi shartnomasi Xaridor tomonidan yo&#8217;llangan ofertaning Sotuvchi tomonidan aksept qilingan vaqtida, mazkur bitim shartlari asosida tuziladi. Shartnoma onlayn (internet-do&#8217;kon orqali) yoki oflayn (savdo nuqtasida) tuzilishi mumkin.<\/p>\r\n<p><strong>8.2. Onlayn tartib. <\/strong>Tovarni sotib olishni istagan Xaridor internet-do&#8217;kon saytida buyurtma rasmiylashtiradi yoki quyidagi raqamlarga qo&#8217;ng&#8217;iroq qiladi: +998 33 505 44 55. Buyurtmani rasmiylashtirish paytida Xaridor quyidagilarni ko&#8217;rsatishi lozim:<\/p>\r\n<ul>\r\n<li>sotib olinadigan tovarning nomi (markasi) va modeli;<\/li>\r\n<li>tovar miqdori;<\/li>\r\n<li>o&#8217;zining kontakt ma&#8217;lumotlari;<\/li>\r\n<li>to&#8217;lov shakli: naqd, terminal, korporativ karta, muddatli to&#8217;lov;<\/li>\r\n<li>tovarni yetkazish (yoki savdo nuqtasidan olib ketish) manzili va vaqti.<\/li>\r\n<\/ul>\r\n<p>Buyurtmaning o&#8217;zi Xaridorning Sotuvchiga yo&#8217;llangan ofertasi hisoblanadi. Buyurtmaning rasmiylashtirilishi tovarning ko&#8217;rsatilgan narxini to&#8217;lashga Xaridorning roziligini anglatadi. Sotuvchi buyurtmani qabul qilganligini Xaridorga SMS, elektron pochta yoki telefon orqali xabardor qiladi.<\/p>\r\n<p><strong>8.3. Oflayn tartib. <\/strong>Xaridor savdo nuqtasiga bevosita tashrif buyurib, tovarni tanlaydi, sotuvchi-maslahatchidan tovar haqida ma&#8217;lumot oladi va kassada (yoki POS-terminal orqali) uning haqini to&#8217;laydi. Tovar haqi to&#8217;langan va kassa cheki (yoki elektron chek) berilgan vaqtdan boshlab Xaridor va Sotuvchi o&#8217;rtasida oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.<\/p>\r\n<p>8.4. Onlayn buyurtma qilingan tovarni savdo nuqtasidan shaxsan olib ketish (&laquo;o&#8217;zi olib ketish&raquo;) xizmati mavjud bo&#8217;lsa, bu holat buyurtma rasmiylashtirishda alohida ko&#8217;rsatiladi; bunday holda mulk huquqining o&#8217;tishi 10.7-bandga muvofiq belgilanadi.<\/p>\r\n<h1><strong>9. To&#8217;lov usullari<\/strong><\/h1>\r\n<p>9.1. Internet-do&#8217;kondan xarid qilinadigan tovar haqini to&#8217;lash uchun Xaridor bank kartalaridan (Uzcard, Humo, Visa va Mastercard), shuningdek turli to&#8217;lov tizimlari (Payme, Click, Octo va boshqalar) orqali elektron to&#8217;lov vositalaridan foydalangan holda to&#8217;lovni amalga oshirishi mumkin.<\/p>\r\n<p>9.2. Buning uchun Internet-do&#8217;kon sahifalarida Xaridorga tovar haqini Internet-do&#8217;kon hamkorlik qilayotgan to&#8217;lov tizimlari orqali to&#8217;lash taklif etiladi va Xaridor saytdagi yo&#8217;riqnomalarga rioya qilib, to&#8217;lovni onlayn tarzda amalga oshirishi mumkin.<\/p>\r\n<p>9.3. Savdo nuqtasida xarid qilishda Xaridor tovar haqini naqd pul mablag&#8217;i bilan yoki savdo nuqtasidagi POS-terminal orqali bank kartasi (Uzcard, Humo, Visa, Mastercard) naqt va Muddatli to\u2019lov bilan to&#8217;lashi mumkin.<\/p>\r\n<p>9.4. Ayrim tovarlar (savdo kanalidan qat&#8217;i nazar) muddatli to&#8217;lovga (kredit\/bo&#8217;lib to&#8217;lash) sotilishi mumkin. Muddatli to&#8217;lov shartlari (muddati, oylik to&#8217;lov jadvali) onlaynda \u2014 buyurtma rasmiylashtirilishida do\u2019kon menejer orqali, oflaynda \u2014 savdo nuqtasida sotuvchi-maslahatchi tomonidan alohida ko&#8217;rsatiladi va Xaridor tomonidan tanlanadi. Muddatli to&#8217;lov bo&#8217;yicha batafsil shartlar broskin.uz\/uz\/muddatli-tolov\/ sahifasida keltirilgan.<\/p>\r\n<p>9.5. To&#8217;lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganidan so&#8217;ng Xaridorga elektron chek (onlaynda) yoki kassa cheki (oflaynda) taqdim etiladi. Chek tovarni sotib olinganligini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi va uni almashtirish\/qaytarish talabini bildirishda taqdim etish tavsiya etiladi.<\/p>\r\n<h1><strong>10. Buyurtmani yetkazib berish. Mulk huquqining o&#8217;tishi<\/strong><\/h1>\r\n<p>10.0. Mazkur band asosan onlayn buyurtmalarga tatbiq etiladi. Savdo nuqtasida (oflayn) xarid qilingan tovar, agar tomonlar boshqacha kelishmagan bo&#8217;lsa, Xaridorga savdo nuqtasida bevosita, xarid vaqtida topshiriladi va mulk huquqi 4.1-bandga muvofiq to\u2019liq to&#8217;lov amalga oshirilgan zahoti o&#8217;tadi.<\/p>\r\n<p>10.1. Buyurtmani rasmiylashtirishda Xaridor tovarni yetkazib berish bo&#8217;yicha kompaniyaning pulli xizmatidan yoki tovarni tanlangan savdo nuqtasidan shaxsan olib ketish (&laquo;o&#8217;zi olib ketish&raquo;) imkoniyatidan foydalanishi mumkin.<\/p>\r\n<p>10.2. Tovarni yetkazib berish butun O&#8217;zbekiston Respublikasi hududi bo&#8217;ylab amalga oshiriladi.<\/p>\r\n<p>10.3. Xaridorga tovarni yetkazib berish Xaridor tomonidan buyurtmani rasmiylashtirishda ko&#8217;rsatilgan manzil bo&#8217;yicha amalga oshiriladi.<\/p>\r\n<p>10.4. Yetkazib berish muddati buyurtmani rasmiylashtirish paytida, yetkazib berish manziliga, tovar mavjudligiga va uning xususiyatlariga bog&#8217;liq holda belgilanadi va odatda Toshkent shahri bo&#8217;yicha 1\u20133 ish kunini, boshqa hududlar bo&#8217;yicha 3\u20137 ish kunini tashkil etadi.<\/p>\r\n<p>10.5. Yetkazib berishning ko&#8217;rsatilgan muddatlari o&#8217;zgarishi mumkin, bu haqda Xaridor Internet-do&#8217;kon, shaxsiy kabinet yoki telefon orqali xabardor qilinadi.<\/p>\r\n<p>10.6. Buyurtmani yetkazib berish uchun Sotuvchi uchinchi shaxslar (kuryerlik xizmatlari) xizmatlaridan foydalanishi mumkin.<\/p>\r\n<p>10.7. Xaridor buyurtmani kuryerdan qabul qilib olib, buyurtmani olganligi haqidagi hujjatni imzolagan paytdan boshlab tovarga nisbatan mulk huquqi Xaridorga o&#8217;tadi.<\/p>\r\n<p>10.8. Xaridor buyurtmani olish vaqtida tovarning butunligi va jamlanmasining to&#8217;liqligini (agar buning imkoni bo&#8217;lsa) ko&#8217;zdan kechirishi hamda buyurtmani olganligi haqidagi hujjatni imzolashi shart.<\/p>\r\n<p>10.9. Buyurtmani qabul qilib olish vaqtida Xaridor yoki buyurtmani qabul qilib olayotgan boshqa shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etishi lozim.<\/p>\r\n<p>10.10. Kuryer quyidagi holatlarda buyurtmani topshirmaslikka haqli:<\/p>\r\n<ul>\r\n<li>Xaridor yoki buyurtmani qabul qilib olayotgan boshqa shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etmasa;<\/li>\r\n<li>qabul qilib olish hujjatini imzolashdan va (yoki) tovar (shu jumladan yetkazib berish) haqini to&#8217;lashdan bosh tortsa;<\/li>\r\n<li>qonunchilikda, mazkur qoidalarda yoki kuryerlik xizmati ichki tartiblarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.<\/li>\r\n<\/ul>\r\n<p>10.11. Buyurtmaning kuryer tomonidan topshirilishi vaqtida Xaridor buyurtmadan butunlay yoki qisman voz kechishga haqli. Bunday holatda Xaridor voz kechish sababini ko&#8217;rsatgan holda tegishli hujjatni imzolashi va uni kuryerga topshirishi, shuningdek tovarni yetkazib berish uchun Sotuvchi tomonidan qilingan haqiqiy xarajatlarni qoplashi shart.<\/p>\r\n<p>10.12. Agar Xaridor tovarni qabul qilib olishda hujjatlarni imzolashdan asossiz bosh tortsa va xizmatlar sifatiga yozma e&#8217;tiroz bildirmasa, Sotuvchi tomonidan ko&#8217;rsatilgan xizmatlar kerakli tarzda bajarilgan va Xaridor tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.<\/p>\r\n<h1><strong>11. Buyurtmani bekor qilish. Tovarni almashtirish va qaytarish<\/strong><\/h1>\r\n<p>11.1. To&#8217;liq qaytarish siyosati broskin.uz\/uz\/return-policy\/ sahifasida keltirilgan.<\/p>\r\n<h1><strong>12. E&#8217;tirozlar (pretenziyalar)ni taqdim etish tartibi<\/strong><\/h1>\r\n<p>12.1. Xaridor buyurtmani ko&#8217;zdan kechirib olganidan va qabul qilganligi haqidagi hujjatni imzolaganidan so&#8217;ng, tovarning tashqi ko&#8217;rinishi va jamlanmasiga oid e&#8217;tirozlar qabul qilinmaydi; tovarning yashirin kamchiliklariga oid e&#8217;tirozlar bundan mustasno.<\/p>\r\n<p>12.2. Xaridor sotuvchiga o&#8217;z talablarini yozma tartibda \u2014 elektron pochta, shaxsiy kabinet orqali (onlayn xaridlar uchun) yoki bevosita istalgan savdo nuqtasiga murojaat qilib (oflayn xaridlar uchun, shuningdek onlayn xaridlar bo&#8217;yicha ham) pretenziya tartibida taqdim etishga haqli. Pretenziyada Xaridorning to&#8217;liq ismi, buyurtma raqami yoki kassa cheki, muammoning mohiyati va talab ko&#8217;rsatilishi lozim.<\/p>\r\n<p>12.3. Sotuvchi pretenziyani olingan kundan boshlab 10 (o&#8217;n) ish kuni ichida ko&#8217;rib chiqadi va Xaridorga yozma javob beradi, agar qonunchilikda boshqa muddat belgilanmagan bo&#8217;lsa.<\/p>\r\n<p>12.4. Agar ko&#8217;rsatilgan muddat ichida tovardagi kamchiliklar sababli da&#8217;vo qilingan bo&#8217;lsa, Sotuvchi tovarni ekspertizadan o&#8217;tkazishi mumkin. Agar Sotuvchi hisobidan o&#8217;tkaziladigan ekspertizada kamchiliklar Sotuvchi mas&#8217;ul bo&#8217;lmagan sabablar oqibatida yuzaga kelganligi aniqlansa, Xaridor ekspertiza xarajatlarini Sotuvchiga to&#8217;lab berishi lozim.<\/p>\r\n<p>12.5. Tovar qabul qilish jarayonida tovarda biror defekt yoki shikast aniqlansa, tegishli sifatsizlik uchun Sotuvchi javobgar bo&#8217;ladi, bundan Xaridorning aybi bilan yoki tovarning tashilishi vaqtida (agar tashish Sotuvchi tomonidan amalga oshirilmagan bo&#8217;lsa) yuzaga kelgan defektlar mustasno.<\/p>\r\n<h1><strong>13. Tomonlarning javobgarligi<\/strong><\/h1>\r\n<p>13.1. Xaridor buyurtmani rasmiylashtirishda taqdim etilgan ma&#8217;lumotning mazmuni va to&#8217;g&#8217;riligi uchun javobgar bo&#8217;ladi. Xaridor tomonidan mazkur Shartnomaga ko&#8217;ra o&#8217;z majburiyatlari umuman yoki lozim darajada bajarilmasa, Xaridor O&#8217;zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo&#8217;ladi.<\/p>\r\n<p>13.2. Sotuvchi quyidagilar uchun javobgar emas:<\/p>\r\n<ul>\r\n<li>Yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotning mazmuni va to&#8217;g&#8217;riligi;<\/li>\r\n<li>Sotuvchida vaqtincha Internet-do&#8217;konga kirish imkoniyatining yo&#8217;qligi hamda bu bilan bog&#8217;liq har qanday oqibatlar;<\/li>\r\n<li>Sotuvchiga bog&#8217;liq bo&#8217;lmagan holda yuzaga kelgan fors-major holatlari;<\/li>\r\n<li>Xaridorning harakatlari tufayli uchinchi shaxslarga tasodifan yoki ataylab yetkazilgan har qanday zararlar, shu jumladan daromad yoki mablag&#8217;larning yo&#8217;qotilishi;<\/li>\r\n<li>Xaridorning shaxsiy ma&#8217;lumotlaridan foydalangan holda amalga oshirilgan har qanday xatti-harakatlar, shu jumladan bunday ma&#8217;lumotlar Xaridorning o&#8217;zi tomonidan oshkor etilgan holatlarda ham.<\/li>\r\n<\/ul>\r\n<p>13.3. Quyidagilar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo&#8217;lgan Xaridorning zararlari yoki foydalana olmagan daromadlari uchun Sotuvchi javob bermaydi:<\/p>\r\n<ul>\r\n<li>buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida taqdim etiluvchi rekvizitlarning noto&#8217;g&#8217;ri to&#8217;ldirilishi;<\/li>\r\n<li>Xaridor qurilmalari yoki dasturiy ta&#8217;minotida &laquo;viruslar&raquo; hamda boshqa zararli dasturlar mavjudligi;<\/li>\r\n<li>Xaridor identifikatsion ma&#8217;lumotlaridan foydalanish bilan bog&#8217;liq uchinchi shaxslarning g&#8217;ayrihuquqiy xatti-harakatlari.<\/li>\r\n<\/ul>\r\n<p>13.4. Tomonlar mazkur Shartnoma shartlarini umuman yoki lozim darajada bajarmagani uchun O&#8217;zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo&#8217;ladilar.<\/p>\r\n<h1><strong>14. Fors-major<\/strong><\/h1>\r\n<p>14.1. Tomonlardan istalgan biri mazkur Shartnoma bo&#8217;yicha o&#8217;z majburiyatlarini to&#8217;liq yoki qisman bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi, agar bunday bajarmaslik Shartnoma tuzilganidan keyin yuzaga kelgan, tomonlar avvaldan ko&#8217;ra olmagan va o&#8217;z vositalari bilan oldini ololmagan yengib bo&#8217;lmas kuch holatlari sababli yuzaga kelgan bo&#8217;lsa (ish tashlashlar, toshqinlar, yong&#8217;inlar, zilzilalar va boshqa tabiiy ofatlar, urushlar, harbiy harakatlar, davlat organlarining harakatlari, shuningdek tomonlarning oqilona nazorati doirasidan tashqaridagi boshqa holatlar).<\/p>\r\n<p>14.2. Fors-major holati yuzaga kelgan tomon ikkinchi tomonni bu haqda 5 (besh) ish kuni ichida yozma ravishda xabardor qilishi shart. Fors-major holatining davomiyligi va oqibatlari bartaraf etilgach, tomonlar Shartnoma bo&#8217;yicha majburiyatlarni bajarishni davom ettiradi.<\/p>\r\n<h1><strong>15. Voyaga yetmagan shaxslar tomonidan foydalanish<\/strong><\/h1>\r\n<p>15.1. Internet-do&#8217;kon xizmatlaridan 18 yoshga to&#8217;lgan, muomala layoqatiga ega shaxslar foydalanishi mumkin. 18 yoshga to&#8217;lmagan shaxslar buyurtmani faqat ota-onasi yoki qonuniy vakilining roziligi va bevosita ishtirokida rasmiylashtirishi mumkin.<\/p>\r\n<p>15.2. Sotuvchi Xaridorning yoshini tekshirish bo&#8217;yicha texnik imkoniyatga ega bo&#8217;lmasligi mumkin, shu sababli buyurtma berayotgan shaxs o&#8217;zining huquqiy layoqatga ega ekanligi uchun mas&#8217;uliyatni o&#8217;z zimmasiga oladi.<\/p>\r\n<h1><strong>16. Intellektual mulk huquqlari<\/strong><\/h1>\r\n<p>16.1. broskin.uz saytidagi barcha materiallar (matnlar, rasmlar, video, logotip, dizayn, dastur kodi va h.k.) Sotuvchiga yoki tegishli huquq egalariga tegishli bo&#8217;lib, O&#8217;zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan himoyalangan.<\/p>\r\n<p>16.2. Ushbu materiallardan Sotuvchining oldindan yozma roziligisiz tijorat maqsadlarida nusxa ko&#8217;chirish, tarqatish yoki boshqa tarzda foydalanish taqiqlanadi.<\/p>\r\n<h1><strong>17. Qoidalarni o&#8217;zgartirish tartibi<\/strong><\/h1>\r\n<p>17.1. Sotuvchi broskin.uz saytida e&#8217;lon qilish yo&#8217;li bilan istalgan vaqtda mazkur qoidalarga bir tomonlama tartibda o&#8217;zgartirish va qo&#8217;shimchalar kiritishi mumkin. Barcha o&#8217;zgarishlar saytda e&#8217;lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va Xaridorga ma&#8217;lum qilingan hisoblanadi.<\/p>\r\n<p>17.2. Allaqachon rasmiylashtirilgan buyurtmalarga nisbatan, hozirda amalda bo&#8217;lgan qoidalar qo&#8217;llaniladi.<\/p>\r\n<h1><strong>18. Nizolarni hal etish tartibi<\/strong><\/h1>\r\n<p>18.1. Ofertaning bajarilishi bilan bog&#8217;liq holda yuzaga kelgan barcha nizolar va kelishmovchiliklar avvalo muzokaralar (pretenziya tartibi, 12-bandga muvofiq) yo&#8217;li bilan hal etiladi.<\/p>\r\n<p>18.2. Tovarning yoki buyurtmaning sifati va yetkazib berilishiga oid nizolar Sotuvchi tomonidan o&#8217;rnatilgan tartibda ko&#8217;rib chiqiladi.<\/p>\r\n<p>18.3. Nizolarni muzokaralar yo&#8217;li bilan tartibga solish imkonsiz bo&#8217;lgan taqdirda, nizo O&#8217;zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, Sotuvchi joylashgan hudud (Samarqand shahri) bo&#8217;yicha tegishli sudda hal etiladi.<\/p>\r\n<h1><strong>19. Qo&#8217;llaniluvchi huquqiy me&#8217;yorlar va yakuniy qoidalar<\/strong><\/h1>\r\n<p>19.1. Mazkur bitim bilan tartibga solinmagan masalalar yuzaga kelgan taqdirda, tomonlar ularni hal etishda O&#8217;zbekiston Respublikasi qonunchiligiga tayanadilar.<\/p>\r\n<p>19.2. Mazkur bitimning biror qoidasi qonunchilikka zid bo&#8217;lib chiqsa, O&#8217;zbekiston Respublikasi qonunchiligi normalari qo&#8217;llanadi. Alohida qoidalarning amal qilmasligi yaxlit bitimning amal qilmasligiga sabab bo&#8217;lmaydi.<\/p>\r\n<p>19.3. Xaridor, mazkur bitim shartlariga o&#8217;zining roziligini tasdiqlar ekan, shu bilan uning barcha bandlari bilan tanishib chiqqanligini va ularga to&#8217;liq rozi ekanligini tasdiqlaydi.<\/p>\r\n<p>19.4. Mazkur Oferta amalga kiritilgan sanadan boshlab kuchga kiradi va yangi tahrir e&#8217;lon qilinguniga qadar amal qiladi.<\/p>\r\n<p>&nbsp;<\/p>\r\n<h1><strong>Aloqa ma&#8217;lumotlari<\/strong><\/h1>\r\n<p>SEEN STORE MCHJ<\/p>\r\n<p>Telefon: +998 33 505 44 55;\u00a0<\/p>\r\n<p>Veb-sayt: www.broskin.uz<\/p>\r\n<p>Oflayn savdo nuqtalari manzillari: broskin.uz saytida &laquo;Biz bilan bog\u2019lanish&raquo; bo&#8217;limida e&#8217;lon qilinadi.<\/p>\r\n<p>Hujjat sanasi: 2026-yil 22-avgust (so&#8217;nggi tahrir)<\/p>\r\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>OMMAVIY OFERTA SEEN STORE MCHJ ning onlayn (broskin.uz) va oflayn savdo nuqtalari (do&#8217;konlari) orqali savdo qilish shartlari to&#8217;g&#8217;risida foydalanuvchi bitimi<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"class_list":["post-3","page","type-page","status-publish","hentry"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/broskin.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/3","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/broskin.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/broskin.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/broskin.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/broskin.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/broskin.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/3\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30457,"href":"https:\/\/broskin.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/pages\/3\/revisions\/30457"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/broskin.uz\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}