Asosiy maqsadimiz

Biz haqimizda — BroSkin

Bizning oliy maqsadimiz — erkaklar orasida teri parvarishini odatiy hayot tarziga aylantirish. BroSkin erkaklarga o‘ziga qarashni ortiqcha narsa emas, balki o‘zini hurmat qilishning bir qismi ekanini ko‘rsatishni istaydi. Biz shunchaki kosmetika sotmaymiz, balki erkaklarga o‘z terisini tushunish va ishonch bag‘ishlashda yordam beramiz.

2025

May

$100 boshlang‘ich kapital. Kichik qadam, aniq maqsad.

BroSkin

Biz kimmiz?

BroSkin — erkaklar uchun maxsus skincare va kosmetika do‘koni. Yondashuvimiz oddiy:

1Teringizni tushuning.
2To‘g‘ri mahsulot tanlang.
3Muntazam parvarish qiling.

Bizda siz shunchaki mahsulot xarid qilmaysiz, balki o‘zingizga mos parvarish tizimini shakllantirasiz.

Tariximiz

$100 dan offline do‘kongacha

Dastlab online formatda faoliyat yuritib, erkaklar uchun skincare mahsulotlarini yetkazib berdik va tushuntirish ishlarini olib bordik. Mijozlarimizning ehtiyojlarini o‘rganib, vaqt o‘tishi bilan yangi bosqichga qadam qo‘ydik — bugun BroSkin online do‘kondan zamonaviy offline makonga aylanmoqda. Bu yerda har bir mijoz mahsulotni ko‘rib, mutaxassislardan savollariga javob olib, o‘ziga mos vositani tanlashi mumkin.

2025

Ish boshlagan yil

BroSkin 2025-yil may oyida Sayfullo Toshtemirov tomonidan atigi 100 AQSH dollari boshlang‘ich kapital bilan kichik biznes sifatida ish boshlagan.

Tamoyil

Bizning tamoyillarimiz

SifatO‘zimiz qadrlagan va ishongan mahsulotlargagina kafolat beramiz.
HalollikHar bir mahsulotning ijobiy va boshqa jihatlari haqida ochiq gapiramiz.
IndividuallikHar bir inson terisi o‘ziga xos, shuning uchun yondashuv ham shaxsiy.
BilimMaqsadimiz faqat sotish emas, mahsulotning foydasini tushuntirish.
O‘ziga hurmatTashqi ko‘rinishga e’tibor — o‘zini hurmat qilish belgisi.

Hamkorlik

Strategik hamkorimiz — SEEN.UZ

SEEN STORE MCHJ (SEEN.UZ) — BROSKIN loyihasining strategik investori va uzoq muddatli hamkori.

SEEN.UZ BROSKIN’ning rivojlanishiga investitsiya kiritib, loyihaning biznes, marketing, savdo va infratuzilma yo‘nalishlarida rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Ushbu hamkorlik doirasida SEEN.UZ va BROSKIN uzoq muddatli strategik maqsadlar asosida birgalikda faoliyat yuritadi hamda kelishilgan shartlar asosida loyiha daromadlarida sheriklik qiladi.

Maqsadimiz — BROSKIN’ni erkaklar uchun sifatli va ishonchli mahsulotlarni taklif qiluvchi zamonaviy brendga aylantirish va uni uzoq muddatli rivojlantirish.

Shiorimiz

“O‘zini hurmat qiladiganlar uchun.”

O‘ziga hurmat — vaqt ajratishdan boshlanadi: teringizga, ko‘rinishingizga, sog‘lom odatlaringizga va eng muhimi, o‘zingizga.

Hikoyamiz katta mablag‘dan emas, kichik qadam va aniq maqsaddan boshlangan. Va bu — hali boshlanishi!

Do‘konga o‘tish