OMMAVIY OFERTA

SEEN STORE MCHJ ning onlayn (broskin.uz) va oflayn savdo nuqtalari (do’konlari) orqali savdo qilish shartlari to’g’risida foydalanuvchi bitimi

Ushbu hujjat O’zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to’g’risida»gi, «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonunlari hamda amaldagi boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tuzilgan bo’lib, Sotuvchining tovarlarini sotib olish maqsadida broskin.uz saytidan foydalanish («Onlayn savdo») yoki Sotuvchining jismoniy savdo nuqtasiga («Oflayn savdo») murojaat qilish mazkur bitim shartlarini so’zsiz va to’liq qabul qilinganligini bildiradi (Fuqarolik kodeksining ommaviy oferta va akseptga oid normalariga muvofiq). Mazkur Shartnoma shartlari Sotuvchining barcha savdo kanallariga — veb-sayti, mobil ilovasi va jismoniy savdo nuqtalariga — bab-baravar tatbiq etiladi, agar matnda aniq bir kanal uchun alohida band ko’rsatilmagan bo’lsa.

1. Atamalar va tushunchalar

1.1. Sotuvchi — «SEEN STORE» mas’uliyati cheklangan jamiyati (MCHJ) — broskin.uz internet-do’konining hamda oflayn savdo nuqtalarining egasi va operatori (rekvizitlar 3-bandda ko’rsatilgan).

1.2. Xaridor — Sotuvchining internet-do’konida (sayt yoxud telefon orqali) buyurtma joylashtirgan yoki oflayn savdo nuqtasida tovar sotib olgan hamda mazkur foydalanuvchi bitimi shartlarini so’zsiz qabul qilgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs.

1.3. Tovar — tomonlar kelishuvi predmeti bo’lgan, broskin.uz saytida va (yoki) oflayn savdo nuqtalarida taqdim etilgan tovarlar va (yoki) xizmatlar.

1.4. Internet-do’kon — Sotuvchining broskin.uz saytidagi va mobil ilovasidagi onlayn savdo maydonchasi.

1.5. Savdo nuqtasi (oflayn do’kon) — Sotuvchiga tegishli yoki u tomonidan ijaraga olingan, tovarlarni bevosita jismoniy ko’rinishda sotish uchun mo’ljallangan do’kon, filial yoki savdo pavilyoni. Amaldagi savdo nuqtalarining to’liq ro’yxati va manzillari broskin.uz saytida hamda savdo nuqtalarining o’zida e’lon qilinadi.

1.6. Oferta — mazkur hujjat matnida ifodalangan, Sotuvchining istalgan shaxsga tovar sotib olish shartnomasini tuzish taklifi.

1.7. Aksept — Xaridor tomonidan buyurtma rasmiylashtirilishi (onlayn) yoki tovar bevosita savdo nuqtasida tanlanib, uning haqi to’lanishi (oflayn) orqali oferta shartlarini to’liq va so’zsiz qabul qilinishi.

1.8. Shaxsiy kabinet — Xaridorning broskin.uz saytidagi ro’yxatdan o’tish orqali yaratiladigan, buyurtmalarni va shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish imkonini beruvchi shaxsiy sahifasi.

2. Umumiy qoidalar

2.1. Mazkur foydalanuvchi bitimi (matnda keyingi o’rinlarda — Shartnoma) tovarlar va xizmatlarning Sotuvchi tomonidan Xaridorga, savdo kanalidan (onlayn yoki oflayn) qat’i nazar, taqdim etilish tartibi va shartlarini belgilaydi.

2.2. Sotuvchi mazkur qoidalarga bir tomonlama asosda o’zgarishlar kiritishga haqli. O’zgarishlar 17-bandda belgilangan tartibda kuchga kiradi.

2.3. Internet-do’konning broskin.uz saytida, shuningdek savdo nuqtalarida taqdim etilgan barcha foto, video, matnli va namunaviy materiallar faqat tanishtiruvchi xarakterga ega bo’lib, texnik holatlarga ko’ra, tovarning rangi, shakli, o’lchami, narxi, jamlanma tarkibi va boshqa xususiyatlari to’g’risidagi to’liq va aniq axborotni bermasligi mumkin. Xaridorda tovar xususiyatlariga doir savollar tug’ilsa, u 8-bandda ko’rsatilgan aloqa raqamlari orqali yoki bevosita savdo nuqtasidagi sotuvchi-maslahatchiga murojaat etishi lozim.

2.4. Xaridor buyurtma berish yoki savdo nuqtasida tovar sotib olish orqali o’zining muomala layoqatiga ega ekanligini (18 yoshga to’lganligini yoki qonuniy vakili roziligiga ega ekanligini) tasdiqlaydi (batafsil — 15-band).

2.5. Onlayn va oflayn savdo nuqtalarida tovarlar assortimenti, mavjudligi va aksiya shartlari bir-biridan farq qilishi mumkin. Onlayn buyurtma berishdan oldin Xaridor tovar mazkur savdo nuqtasida yoki internet-do’konda mavjudligini aniqlashtirishi tavsiya etiladi.

3. Sotuvchi rekvizitlari

Korxona nomi

«SEEN STORE» mas’uliyati cheklangan jamiyati (SEEN STORE MCHJ)

STIR (INN)

313048937

Hisob raqami (r/s)

20208 000 9 07469926 001

Bank

«КАПИТАЛБАНК» АТБ Тошкент шаҳридаги ягона филиали

Bank MFO

01158

Direktor

Ro’ziboyev Farrux Zafar o’g’li

Rasmiy veb-sayt

www.broskin.uz

Telefon

+998 33 505 44 55;

 

Sotuvchining amaldagi oflayn savdo nuqtalari (do’konlari) ro’yxati va manzillari broskin.uz saytida hamda savdo nuqtalarining o’zida e’lon qilinadi.

 

4. Shartnoma predmeti va tovar narxi

4.1. Sotuvchi tovarlarni mazkur Shartnomada ko’rsatilgan shartlar asosida taqdim etadi, Xaridor esa ularni qabul qiladi va haqini to’laydi. Buyurtma qilingan tovar Xaridorga amalda topshirilgan hamda uning to’liq narxi to’langan vaqtdan boshlab, mazkur tovarga nisbatan mulk huquqi Xaridorga o’tadi (Muddatli to’lovga yoki nasiyaga xarid qilingan tovarlar bundan mustasno). Tovarning tasodifan yo’qotilishi yoki shikastlanishi xatari tovar Xaridorga amalda topshirilgan vaqtdan boshlab Xaridorga o’tadi.

4.2. Tovar narxi bir tomonlama asosda Sotuvchi tomonidan belgilanadi hamda broskin.uz internet-do’koni sahifalarida va savdo nuqtalarida (narx belgilari, chek-lentalar orqali) O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so’mda ko’rsatiladi. Narxlarga qonunchilikda nazarda tutilgan soliqlar kiritilgan bo’lib naqt to’lov va muddatli to’lov narxlari bir birdan farq qilishi mumkin.

4.3. Muayyan tovarga nisbatan shartnoma tuzish taklifi broskin.uz saytida — ushbu tovar mavjud bo’lgan butun muddat davomida, savdo nuqtasida esa — tovar jismonan sotuvda turgan davr mobaynida amal qiladi. Tovar narxining o’zgarishi allaqachon rasmiylashtirilgan va to’lovi tasdiqlangan buyurtmalar hamda savdo nuqtasida haqi to’langan xaridlarga taalluqli emas.

4.4. Aksiya va chegirmalar alohida shartlar asosida amal qiladi va sayt sahifalarida va (yoki) savdo nuqtalarida ko’rsatiladi. Onlayn va oflayn kanallardagi aksiya shartlari farqli bo’lishi mumkin.

5. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash siyosati

5.1. Sotuvchi Xaridorning shaxsiy ma’lumotlarini (ism-familiya, telefon raqami, manzil, elektron pochta va h.k.), shuningdek elektron hujjatlari va xabarlarini O’zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida»gi qonunchiligiga muvofiq ko’rib chiqadi va ularning maxfiyligini ta’minlaydi.

5.2. Shaxsiy ma’lumotlar faqat quyidagi maqsadlarda qayta ishlanadi: buyurtmani rasmiylashtirish va bajarish, tovarni yetkazib berish, to’lovlarni amalga oshirish, mijozlarga xizmat ko’rsatish va (Xaridorning ofertaga roziligi mavjud bo’lgan taqdirda) marketing xabarnomalarini yuborish.

5.3. Sotuvchi Xaridorning roziligisiz shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaydi, bundan tovarni yetkazib berish (kuryerlik xizmati) va to’lovni qabul qilish (bank/to’lov tizimlari) uchun zarur bo’lgan hajmdagi ma’lumotlar hamda qonunchilikda nazarda tutilgan holatlar mustasno.

5.4. Xaridor istalgan vaqtda Sotuvchiga murojaat qilib, o’zining shaxsiy ma’lumotlarini yangilashni, tuzatishni yoki o’chirishi mumkin (Hech qanday qarzdorlik yoki do’kon bilan mijoz o’rtasida tugatilmagan nizolar bo’lmaganda).

6. Tomonlarning majburiyatlari

6.1. Sotuvchining majburiyatlari:

  • 1.1. Xaridorga tovar haqida kerakli va to’g’ri ma’lumotlarni taqdim etish;
  • 1.2. Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida kelishilgan muddatlarda tovarni taqdim etish yoki yetkazib berish;
  • 1.3. Xaridorning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligini ta’minlash.

6.2. Xaridorning majburiyatlari:

  • 2.1. Ushbu Shartnoma shartlarini bajarish;
  • 2.2. Tanlangan buyurtmani rasmiylashtirish ma’lumotlarining (narx, tovar, miqdor va h.k.) to’g’riligini haqini to’lashdan oldin puxta tekshirish;
  • 2.3. Buyurtma uchun aniq va haqiqiy kontakt hamda yetkazib berish ma’lumotlarini taqdim etish;
  • 2.4. Internet-do’kon tomonidan broskin.uz saytida va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadigan xabarlar va bildirishnomalarni kuzatib borish.

7. Tomonlarning huquqlari

7.1. Sotuvchi quyidagi huquqlarga ega:

  • 1.1. Jiddiy nuqsonlar, xatoliklar va uzilishlar aniqlansa, shuningdek profilaktika ishlarini o’tkazish hamda tizimga noqonuniy kirishning oldini olish maqsadida Internet-do’kon faoliyatini vaqtincha to’xtatib turish;
  • 1.2. Ushbu qoidalarni, tovarlar narxlarini, xizmatlarga tariflarni, to’lov hamda yetkazib berish usullari va muddatlarini bir tomonlama tartibda o’zgartirish;
  • 1.3. Buyurtma ma’lumotlarida nomuvofiqlik yoki firibgarlik alomatlari aniqlansa, buyurtmani bekor qilish yoki qo’shimcha tasdiqlash talab etish;
  • 1.4. Xaridor bilan bo’ladigan telefon suhbatlarini sifat nazorati va nizolarni hal qilish maqsadida yozib olish.

7.2. Xaridor quyidagi huquqlarga ega:

  • 2.1. Maslahat uchun Internet-do’konga murojaat etish;
  • 2.2. Buyurtma holati haqida ma’lumot olish;
  • 2.3. Qonunchilikda va mazkur Shartnomada nazarda tutilgan tartibda tovarni almashtirish yoki qaytarishni talab qilish.

8. Shartnomani tuzish tartibi

8.1. Sotuvchi va Xaridor o’rtasida tovarni oldi-sotdi shartnomasi Xaridor tomonidan yo’llangan ofertaning Sotuvchi tomonidan aksept qilingan vaqtida, mazkur bitim shartlari asosida tuziladi. Shartnoma onlayn (internet-do’kon orqali) yoki oflayn (savdo nuqtasida) tuzilishi mumkin.

8.2. Onlayn tartib. Tovarni sotib olishni istagan Xaridor internet-do’kon saytida buyurtma rasmiylashtiradi yoki quyidagi raqamlarga qo’ng’iroq qiladi: +998 33 505 44 55. Buyurtmani rasmiylashtirish paytida Xaridor quyidagilarni ko’rsatishi lozim:

  • sotib olinadigan tovarning nomi (markasi) va modeli;
  • tovar miqdori;
  • o’zining kontakt ma’lumotlari;
  • to’lov shakli: naqd, terminal, korporativ karta, muddatli to’lov;
  • tovarni yetkazish (yoki savdo nuqtasidan olib ketish) manzili va vaqti.

Buyurtmaning o’zi Xaridorning Sotuvchiga yo’llangan ofertasi hisoblanadi. Buyurtmaning rasmiylashtirilishi tovarning ko’rsatilgan narxini to’lashga Xaridorning roziligini anglatadi. Sotuvchi buyurtmani qabul qilganligini Xaridorga SMS, elektron pochta yoki telefon orqali xabardor qiladi.

8.3. Oflayn tartib. Xaridor savdo nuqtasiga bevosita tashrif buyurib, tovarni tanlaydi, sotuvchi-maslahatchidan tovar haqida ma’lumot oladi va kassada (yoki POS-terminal orqali) uning haqini to’laydi. Tovar haqi to’langan va kassa cheki (yoki elektron chek) berilgan vaqtdan boshlab Xaridor va Sotuvchi o’rtasida oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan hisoblanadi.

8.4. Onlayn buyurtma qilingan tovarni savdo nuqtasidan shaxsan olib ketish («o’zi olib ketish») xizmati mavjud bo’lsa, bu holat buyurtma rasmiylashtirishda alohida ko’rsatiladi; bunday holda mulk huquqining o’tishi 10.7-bandga muvofiq belgilanadi.

9. To’lov usullari

9.1. Internet-do’kondan xarid qilinadigan tovar haqini to’lash uchun Xaridor bank kartalaridan (Uzcard, Humo, Visa va Mastercard), shuningdek turli to’lov tizimlari (Payme, Click, Octo va boshqalar) orqali elektron to’lov vositalaridan foydalangan holda to’lovni amalga oshirishi mumkin.

9.2. Buning uchun Internet-do’kon sahifalarida Xaridorga tovar haqini Internet-do’kon hamkorlik qilayotgan to’lov tizimlari orqali to’lash taklif etiladi va Xaridor saytdagi yo’riqnomalarga rioya qilib, to’lovni onlayn tarzda amalga oshirishi mumkin.

9.3. Savdo nuqtasida xarid qilishda Xaridor tovar haqini naqd pul mablag’i bilan yoki savdo nuqtasidagi POS-terminal orqali bank kartasi (Uzcard, Humo, Visa, Mastercard) naqt va Muddatli to’lov bilan to’lashi mumkin.

9.4. Ayrim tovarlar (savdo kanalidan qat’i nazar) muddatli to’lovga (kredit/bo’lib to’lash) sotilishi mumkin. Muddatli to’lov shartlari (muddati, oylik to’lov jadvali) onlaynda — buyurtma rasmiylashtirilishida do’kon menejer orqali, oflaynda — savdo nuqtasida sotuvchi-maslahatchi tomonidan alohida ko’rsatiladi va Xaridor tomonidan tanlanadi. Muddatli to’lov bo’yicha batafsil shartlar broskin.uz/uz/muddatli-tolov/ sahifasida keltirilgan.

9.5. To’lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganidan so’ng Xaridorga elektron chek (onlaynda) yoki kassa cheki (oflaynda) taqdim etiladi. Chek tovarni sotib olinganligini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi va uni almashtirish/qaytarish talabini bildirishda taqdim etish tavsiya etiladi.

10. Buyurtmani yetkazib berish. Mulk huquqining o’tishi

10.0. Mazkur band asosan onlayn buyurtmalarga tatbiq etiladi. Savdo nuqtasida (oflayn) xarid qilingan tovar, agar tomonlar boshqacha kelishmagan bo’lsa, Xaridorga savdo nuqtasida bevosita, xarid vaqtida topshiriladi va mulk huquqi 4.1-bandga muvofiq to’liq to’lov amalga oshirilgan zahoti o’tadi.

10.1. Buyurtmani rasmiylashtirishda Xaridor tovarni yetkazib berish bo’yicha kompaniyaning pulli xizmatidan yoki tovarni tanlangan savdo nuqtasidan shaxsan olib ketish («o’zi olib ketish») imkoniyatidan foydalanishi mumkin.

10.2. Tovarni yetkazib berish butun O’zbekiston Respublikasi hududi bo’ylab amalga oshiriladi.

10.3. Xaridorga tovarni yetkazib berish Xaridor tomonidan buyurtmani rasmiylashtirishda ko’rsatilgan manzil bo’yicha amalga oshiriladi.

10.4. Yetkazib berish muddati buyurtmani rasmiylashtirish paytida, yetkazib berish manziliga, tovar mavjudligiga va uning xususiyatlariga bog’liq holda belgilanadi va odatda Toshkent shahri bo’yicha 1–3 ish kunini, boshqa hududlar bo’yicha 3–7 ish kunini tashkil etadi.

10.5. Yetkazib berishning ko’rsatilgan muddatlari o’zgarishi mumkin, bu haqda Xaridor Internet-do’kon, shaxsiy kabinet yoki telefon orqali xabardor qilinadi.

10.6. Buyurtmani yetkazib berish uchun Sotuvchi uchinchi shaxslar (kuryerlik xizmatlari) xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

10.7. Xaridor buyurtmani kuryerdan qabul qilib olib, buyurtmani olganligi haqidagi hujjatni imzolagan paytdan boshlab tovarga nisbatan mulk huquqi Xaridorga o’tadi.

10.8. Xaridor buyurtmani olish vaqtida tovarning butunligi va jamlanmasining to’liqligini (agar buning imkoni bo’lsa) ko’zdan kechirishi hamda buyurtmani olganligi haqidagi hujjatni imzolashi shart.

10.9. Buyurtmani qabul qilib olish vaqtida Xaridor yoki buyurtmani qabul qilib olayotgan boshqa shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etishi lozim.

10.10. Kuryer quyidagi holatlarda buyurtmani topshirmaslikka haqli:

  • Xaridor yoki buyurtmani qabul qilib olayotgan boshqa shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etmasa;
  • qabul qilib olish hujjatini imzolashdan va (yoki) tovar (shu jumladan yetkazib berish) haqini to’lashdan bosh tortsa;
  • qonunchilikda, mazkur qoidalarda yoki kuryerlik xizmati ichki tartiblarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.

10.11. Buyurtmaning kuryer tomonidan topshirilishi vaqtida Xaridor buyurtmadan butunlay yoki qisman voz kechishga haqli. Bunday holatda Xaridor voz kechish sababini ko’rsatgan holda tegishli hujjatni imzolashi va uni kuryerga topshirishi, shuningdek tovarni yetkazib berish uchun Sotuvchi tomonidan qilingan haqiqiy xarajatlarni qoplashi shart.

10.12. Agar Xaridor tovarni qabul qilib olishda hujjatlarni imzolashdan asossiz bosh tortsa va xizmatlar sifatiga yozma e’tiroz bildirmasa, Sotuvchi tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar kerakli tarzda bajarilgan va Xaridor tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.

11. Buyurtmani bekor qilish. Tovarni almashtirish va qaytarish

11.1. To’liq qaytarish siyosati broskin.uz/uz/return-policy/ sahifasida keltirilgan.

12. E’tirozlar (pretenziyalar)ni taqdim etish tartibi

12.1. Xaridor buyurtmani ko’zdan kechirib olganidan va qabul qilganligi haqidagi hujjatni imzolaganidan so’ng, tovarning tashqi ko’rinishi va jamlanmasiga oid e’tirozlar qabul qilinmaydi; tovarning yashirin kamchiliklariga oid e’tirozlar bundan mustasno.

12.2. Xaridor sotuvchiga o’z talablarini yozma tartibda — elektron pochta, shaxsiy kabinet orqali (onlayn xaridlar uchun) yoki bevosita istalgan savdo nuqtasiga murojaat qilib (oflayn xaridlar uchun, shuningdek onlayn xaridlar bo’yicha ham) pretenziya tartibida taqdim etishga haqli. Pretenziyada Xaridorning to’liq ismi, buyurtma raqami yoki kassa cheki, muammoning mohiyati va talab ko’rsatilishi lozim.

12.3. Sotuvchi pretenziyani olingan kundan boshlab 10 (o’n) ish kuni ichida ko’rib chiqadi va Xaridorga yozma javob beradi, agar qonunchilikda boshqa muddat belgilanmagan bo’lsa.

12.4. Agar ko’rsatilgan muddat ichida tovardagi kamchiliklar sababli da’vo qilingan bo’lsa, Sotuvchi tovarni ekspertizadan o’tkazishi mumkin. Agar Sotuvchi hisobidan o’tkaziladigan ekspertizada kamchiliklar Sotuvchi mas’ul bo’lmagan sabablar oqibatida yuzaga kelganligi aniqlansa, Xaridor ekspertiza xarajatlarini Sotuvchiga to’lab berishi lozim.

12.5. Tovar qabul qilish jarayonida tovarda biror defekt yoki shikast aniqlansa, tegishli sifatsizlik uchun Sotuvchi javobgar bo’ladi, bundan Xaridorning aybi bilan yoki tovarning tashilishi vaqtida (agar tashish Sotuvchi tomonidan amalga oshirilmagan bo’lsa) yuzaga kelgan defektlar mustasno.

13. Tomonlarning javobgarligi

13.1. Xaridor buyurtmani rasmiylashtirishda taqdim etilgan ma’lumotning mazmuni va to’g’riligi uchun javobgar bo’ladi. Xaridor tomonidan mazkur Shartnomaga ko’ra o’z majburiyatlari umuman yoki lozim darajada bajarilmasa, Xaridor O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo’ladi.

13.2. Sotuvchi quyidagilar uchun javobgar emas:

  • Yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotning mazmuni va to’g’riligi;
  • Sotuvchida vaqtincha Internet-do’konga kirish imkoniyatining yo’qligi hamda bu bilan bog’liq har qanday oqibatlar;
  • Sotuvchiga bog’liq bo’lmagan holda yuzaga kelgan fors-major holatlari;
  • Xaridorning harakatlari tufayli uchinchi shaxslarga tasodifan yoki ataylab yetkazilgan har qanday zararlar, shu jumladan daromad yoki mablag’larning yo’qotilishi;
  • Xaridorning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalangan holda amalga oshirilgan har qanday xatti-harakatlar, shu jumladan bunday ma’lumotlar Xaridorning o’zi tomonidan oshkor etilgan holatlarda ham.

13.3. Quyidagilar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan Xaridorning zararlari yoki foydalana olmagan daromadlari uchun Sotuvchi javob bermaydi:

  • buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida taqdim etiluvchi rekvizitlarning noto’g’ri to’ldirilishi;
  • Xaridor qurilmalari yoki dasturiy ta’minotida «viruslar» hamda boshqa zararli dasturlar mavjudligi;
  • Xaridor identifikatsion ma’lumotlaridan foydalanish bilan bog’liq uchinchi shaxslarning g’ayrihuquqiy xatti-harakatlari.

13.4. Tomonlar mazkur Shartnoma shartlarini umuman yoki lozim darajada bajarmagani uchun O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo’ladilar.

14. Fors-major

14.1. Tomonlardan istalgan biri mazkur Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini to’liq yoki qisman bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi, agar bunday bajarmaslik Shartnoma tuzilganidan keyin yuzaga kelgan, tomonlar avvaldan ko’ra olmagan va o’z vositalari bilan oldini ololmagan yengib bo’lmas kuch holatlari sababli yuzaga kelgan bo’lsa (ish tashlashlar, toshqinlar, yong’inlar, zilzilalar va boshqa tabiiy ofatlar, urushlar, harbiy harakatlar, davlat organlarining harakatlari, shuningdek tomonlarning oqilona nazorati doirasidan tashqaridagi boshqa holatlar).

14.2. Fors-major holati yuzaga kelgan tomon ikkinchi tomonni bu haqda 5 (besh) ish kuni ichida yozma ravishda xabardor qilishi shart. Fors-major holatining davomiyligi va oqibatlari bartaraf etilgach, tomonlar Shartnoma bo’yicha majburiyatlarni bajarishni davom ettiradi.

15. Voyaga yetmagan shaxslar tomonidan foydalanish

15.1. Internet-do’kon xizmatlaridan 18 yoshga to’lgan, muomala layoqatiga ega shaxslar foydalanishi mumkin. 18 yoshga to’lmagan shaxslar buyurtmani faqat ota-onasi yoki qonuniy vakilining roziligi va bevosita ishtirokida rasmiylashtirishi mumkin.

15.2. Sotuvchi Xaridorning yoshini tekshirish bo’yicha texnik imkoniyatga ega bo’lmasligi mumkin, shu sababli buyurtma berayotgan shaxs o’zining huquqiy layoqatga ega ekanligi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi.

16. Intellektual mulk huquqlari

16.1. broskin.uz saytidagi barcha materiallar (matnlar, rasmlar, video, logotip, dizayn, dastur kodi va h.k.) Sotuvchiga yoki tegishli huquq egalariga tegishli bo’lib, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan himoyalangan.

16.2. Ushbu materiallardan Sotuvchining oldindan yozma roziligisiz tijorat maqsadlarida nusxa ko’chirish, tarqatish yoki boshqa tarzda foydalanish taqiqlanadi.

17. Qoidalarni o’zgartirish tartibi

17.1. Sotuvchi broskin.uz saytida e’lon qilish yo’li bilan istalgan vaqtda mazkur qoidalarga bir tomonlama tartibda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi mumkin. Barcha o’zgarishlar saytda e’lon qilingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va Xaridorga ma’lum qilingan hisoblanadi.

17.2. Allaqachon rasmiylashtirilgan buyurtmalarga nisbatan, hozirda amalda bo’lgan qoidalar qo’llaniladi.

18. Nizolarni hal etish tartibi

18.1. Ofertaning bajarilishi bilan bog’liq holda yuzaga kelgan barcha nizolar va kelishmovchiliklar avvalo muzokaralar (pretenziya tartibi, 12-bandga muvofiq) yo’li bilan hal etiladi.

18.2. Tovarning yoki buyurtmaning sifati va yetkazib berilishiga oid nizolar Sotuvchi tomonidan o’rnatilgan tartibda ko’rib chiqiladi.

18.3. Nizolarni muzokaralar yo’li bilan tartibga solish imkonsiz bo’lgan taqdirda, nizo O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, Sotuvchi joylashgan hudud (Samarqand shahri) bo’yicha tegishli sudda hal etiladi.

19. Qo’llaniluvchi huquqiy me’yorlar va yakuniy qoidalar

19.1. Mazkur bitim bilan tartibga solinmagan masalalar yuzaga kelgan taqdirda, tomonlar ularni hal etishda O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga tayanadilar.

19.2. Mazkur bitimning biror qoidasi qonunchilikka zid bo’lib chiqsa, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi normalari qo’llanadi. Alohida qoidalarning amal qilmasligi yaxlit bitimning amal qilmasligiga sabab bo’lmaydi.

19.3. Xaridor, mazkur bitim shartlariga o’zining roziligini tasdiqlar ekan, shu bilan uning barcha bandlari bilan tanishib chiqqanligini va ularga to’liq rozi ekanligini tasdiqlaydi.

19.4. Mazkur Oferta amalga kiritilgan sanadan boshlab kuchga kiradi va yangi tahrir e’lon qilinguniga qadar amal qiladi.

 

Aloqa ma’lumotlari

SEEN STORE MCHJ

Telefon: +998 33 505 44 55; 

Veb-sayt: www.broskin.uz

Oflayn savdo nuqtalari manzillari: broskin.uz saytida «Biz bilan bog’lanish» bo’limida e’lon qilinadi.

Hujjat sanasi: 2026-yil 22-avgust (so’nggi tahrir)