Ommaviy Oferta (Instagram uchun)

Ushbu ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda «Oferta») «@smartx_uz» Instagram sahifasi tomonidan e’lon qilinadigan aksiyaga (keyingi o‘rinlarda «Aksiya») nisbatan qo‘llaniladi. Aksiyada qatnashgan har bir ishtirokchi quyidagi shartlarga rozi bo‘lgan hisoblanadi:

1. Aksiya shartlari:
1.1. Ishtirokchilar «@smartx_uz» Instagram sahifasiga obuna bo‘lishi shart.
1.2. Quyidagi harakatlardan birini amalga oshirgan ishtirokchilar Aksiyada qatnashadi:

Aksiya videosiga like bosish va komment yozish.

Instagram Story’ga reaktsiya yoki like bosish.
1.3. Aksiyada qatnashuvchi hisobining ochiq (public) bo‘lishi talab qilinadi. Yopiq (private) hisob egalari yutuq uchun tanlovda qatnasha olmaydi.

2. Sovrinlar:
2.1. Aksiya doirasida jami 15 xil sovg‘a taqdim etiladi.
2.2. Sovrinlar miqdori va turi tashkilotchilar tomonidan belgilanadi va o‘zgartirilishi mumkin.

3. Yutuq egalari aniqlash tartibi:
3.1. Yutuq egalari quyidagi ishtirokchilar orasidan tasodifiy ravishda tanlanadi:

Aksiya videosiga komment yozgan va like bosganlar.

Instagram Story’ga reaktsiya yoki like bosganlar.

4. Qo‘shimcha shartlar:
4.1. Aksiya tashkilotchilari ishtirokchilardan har qanday qo‘shimcha ma’lumot talab qilish huquqiga ega.
4.2. Aksiyada qatnashish orqali ishtirokchi ushbu Oferta shartlariga to‘liq rozilik bildiradi.
4.3. Tashkilotchilar Aksiya shartlarini istalgan vaqtda o‘zgartirish yoki bekor qilish huquqiga ega.

5. Javobgarlik:
5.1. Tashkilotchilar g‘oliblar bilan bog‘lanish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi. Ammo, ishtirokchi bilan bog‘lanishning imkonsizligi uchun javobgar bo‘lmaydi.
5.2. Yutuqni qabul qilish va foydalanish bilan bog‘liq barcha mas’uliyat g‘olibga yuklanadi.

6. Aksiya muddati:
6.1. Aksiya muddati va g‘oliblarni e‘lon qilish sanasi «@smartx_uz» Instagram sahifasida alohida ko‘rsatiladi.

«@smartx_uz» Instagram sahifasi.

Ommaviy Oferta (Telegram uchun)

Ushbu ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda «Oferta») «@smartx_uz» va «@smartx_urgut» Telegram sahifalari tomonidan e’lon qilinadigan aksiyaga (keyingi o‘rinlarda «Aksiya») nisbatan qo‘llaniladi. Aksiyada qatnashgan har bir ishtirokchi quyidagi shartlarga rozi bo‘lgan hisoblanadi:

1. Aksiya shartlari:
1.1. Ishtirokchilar «@smartx_uz» va «@smartx_urgut» Telegram sahifalariga obuna bo‘lishi shart.
1.2. Ishtirokchilar Telegramga yangi obunachilar qo‘shish orqali Aksiyada qatnashadi.
1.3. Aksiyada qatnashuvchi hisobining ochiq (public) bo‘lishi talab qilinadi. Yopiq (private) hisob egalari yutuq uchun tanlovda qatnasha olmaydi.

2. Sovrinlar:
2.1. Aksiya doirasida jami 15 xil sovg‘a taqdim etiladi.
2.2. Eng ko‘p obunachi qo‘shgan top 10 ishtirokchiga kafolatlangan qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi.
2.3. Qolgan sovg‘alar obunachilar orasida tasodifiy tanlash (random) usuli orqali o‘ynaladi.
2.4. Sovrinlar miqdori va turi tashkilotchilar tomonidan belgilanadi va o‘zgartirilishi mumkin.

3. Yutuq egalari aniqlash tartibi:
3.1. Telegramda eng ko‘p obunachi qo‘shgan top 10 ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
3.2. Telegram obunachilari orasida qolgan sovg‘alar tasodifiy tanlash (random) usuli orqali aniqlanadi.

4. Qo‘shimcha shartlar:
4.1. Aksiya tashkilotchilari ishtirokchilardan har qanday qo‘shimcha ma’lumot talab qilish huquqiga ega.
4.2. Aksiyada qatnashish orqali ishtirokchi ushbu Oferta shartlariga to‘liq rozilik bildiradi.
4.3. Tashkilotchilar Aksiya shartlarini istalgan vaqtda o‘zgartirish yoki bekor qilish huquqiga ega.

5. Javobgarlik:
5.1. Tashkilotchilar g‘oliblar bilan bog‘lanish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi. Ammo, ishtirokchi bilan bog‘lanishning imkonsizligi uchun javobgar bo‘lmaydi.
5.2. Yutuqni qabul qilish va foydalanish bilan bog‘liq barcha mas’uliyat g‘olibga yuklanadi.

6. Aksiya muddati:
6.1. Aksiya muddati va g‘oliblarni e‘lon qilish sanasi «@smartx_uz» va «@smartx_urgut» Telegram sahifalarida alohida ko‘rsatiladi.

«@smartx_uz» va «@smartx_urgut» Telegram sahifalari.